PILLAKASHLIK SANOATI KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIDA KIMYOVIY PREPARATLARNING O‘RNI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Tadqiqotlar natijasida pillani qayta ishlash jarayonida tarkibidagi tabiiy polimerlarning suv ta'sirida yetarli darajada bo‘kishi hamda yil davomida uni saqlashda tashqi muhit ta'siri, iqlim harorati, namlikka qarab pilla ipidagi seritsin bug‘lanmaydi, suvda yaxshi bo‘kmaydi, makromolekulalarda turli konformatsion o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Buning natijasida pillaning ho‘llanuvchanlik darajasi kamayib, yomon chuvilishi hisobiga iplarda ko‘p uzilishlar bo‘ladi, tolali chiqindilar ko‘payadi. Bu kabi jarayonlarning oldini olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarishda pillakashlikda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning ahamiyati kattaligi inobatga olingan holda, pilla xomashyoga modifikatsiya qilish orqali sifatli xom ipak olish usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati pillani saqlash va chuvish jarayoniga salbiy ta'sir qiladigan turli xil omillar ta'sirdan himoya qilish orqali yangi yaratilgan sirtni faollashtiruvchi moddalar ta'sirida xom ipak chiqishini ko‘paytirish sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, pillani saqlash hamda chuvish jarayonida hosil bo‘ladigan nuqsonli holatlarni bartaraf etish usullari ishlab chiqilgani, sirtni faollashtiruvchi moddalar bilan optimal kontsentratsiyada pilla xomashyosiga ishlov berish orqali sifatli xom ipak olish jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgani bilan izohlanadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Sulaymonov , S. (2021). PILLAKASHLIK SANOATI KORXONALARIDA MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARIDA KIMYOVIY PREPARATLARNING O‘RNI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(4), 94–102. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/83
Ko'rishlar soni: 63