UMUMLASHTIRILGAN NEFTLAR YARIM TAYYOR MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI METALL ZARRALARI KONTSENTRATSIYALARI O‘ZGARISHINI O‘RGANISH
Abstrakt
Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qazib chiqariladigan va gaz kondensati bilan aralashtirilib yengil fraktsiyalar haydab olishda foydalaniladigan bir qator og‘ir neft namunalari tarkibidagi metall qoldiqlari taqsimlanishini o‘rganishdan iborat. Naftenatlardagi metall birikmalarning termik parchalanishi yuqori faollikka ega organik kislotalar hosil bo‘lishi bilan izohlanadi. Neft xomashyosidagi asosiy metall qoldiqlari neft kislotalarining kalьtsiy tuzlari shaklida ekanligi aniqlandi. V, Ni, Fe metallorganik birikmalari va boshqa O‘zbekiston neftlaridagi d-element birikmalari kontsentratsiyasi Yaqin Sharq va Rossiyaning ma'lum konlaridagi og‘ir neft tarkibiga nisbatan ancha pastligi tadqiq etildi. Ammo FeO(OH), FeO, Fe2O3 , Fe0 , Fe 1-хS, FeS va CaS turdagi aralashmalar gidrotozalash jarayonlariga tushganda, reaktsiya oralig‘ida neft kislotalarining korrozion beqarorligi sababli xomashyo tarkibidagi zararli zarralar miqdorining tezkor ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi ko‘rsatildi. Ekologik toza tovar mahsulotlari yoqilg‘i va moylar olish hamda mahalliy uglevodorod xomashyosini qayta ishlash jarayonida olingan distillat va qoldiq fraktsiyalarni gidrotozalash uchun katalizatorlardan uzoq muddatli foydalanishni ta'minlash maqsadida, kaltsiy, nikel va temir naftenatlar kabi birikmalar bilan birga korroziya mahsulotlarini yutish uchun maxsus himoya qatlamlaridan foydalanish lozimligi isbotlandi.