O‘ZBEKISTONDA ILMIY MAQOLALARNING MILLIY IQTIBOSINDEKSINI YARATISHNING AKTUALLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Nashriyot sohasida ishlab chiqarish faoliyati uzoq vaqt davomida raqamli makonga o‘tdi. Bugungi kunda ilmiyometrik tadqiqotlar va uslublar deyarli to‘liq Internetda taqdim etilgan ma'lumotlarni qayta ishlashga yo‘naltirilganligi tabiiydir. Ilmiy nashrlar, mualliflar va tashkilotlarga nisbatan asosiy bibliometrik ko‘rsatkichlar, altmetrikalar va nashr faoliyatini taqqoslash orqali miqdoriy va sifat tahlillarini o‘tkazish imkoniyatini ta'minlash muhimdir. Mazkur muammoni hal qilish uchun ma'lumotlar bazasi, maqolalar va keltirilgan ma'lumotnomalar haqidagi bibliografik ma'lumotlar tegishli tekshirilgan va normallashtirilgan ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi hamda doimiy ravishda yangilanib turishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ilmiy nashriyotlar va ular nashr etayotgan nashrlarning sifat darajasi zamonaviy nashriyot amaliyoti va ilmiy davriy nashrlarning xalqaro standartlari tomonidan ilgari surilgan qator mezonlarga qarab belgilanadi. Ushbu maqolada rivojlangan davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, O‘zbekistonda ilmiy maqolalarning milliy iqtibos indeksini yaratishning aktualligi tahlil qilingan.

Mualliflar haqida

How to Cite

A’zamov , T., Rajabov , N., & Sultonov , Y. (2021). O‘ZBEKISTONDA ILMIY MAQOLALARNING MILLIY IQTIBOSINDEKSINI YARATISHNING AKTUALLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(4), 124–131. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/86
Ko'rishlar soni: 104