RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI CHUQURLASHTIRISH VA UNGA INVESTITSIYA OMILINING TA’SIRINI BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada O‘zbekiston misolida iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida tarkibiy o‘zgarishlarning ahamiyati tahlil qilingan. Bunday sharoitda investitsiya omilining ta’sirchanligi qanchalik darajada ekanligi ham ko‘rib chiqilgan. Bir qator olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari o‘rganilib, tadqiqot uchun kerakli jihatlari keltirilgan. Raqamlashtirish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida raqamli iqtisodiyotning YaIMga qo‘shgan yalpi qo‘shilgan qiymati olingan. Keyingi, ya’ni tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi omil sifatida esa asosiy kapitalga investitsiya oqimlari ko‘rsatilgan. Omillar orasida bog‘liqlikni aniqlash uchun ekonometrik tahlil o‘tkazilgan va natijalar asosida xulosa chiqarilgan. Bu tadqiqot O‘zbekiston iqtisodiyoti 2016–2020-yillar oralig‘idagi davr uchun amalga oshirilgan. Shuningdek, maqolada iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar, uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda investitsiya oqimlarining iqtisodiyot va tarkibiy o‘zgarishlarga ta’siri nazariy jihatdan yoritilgan va tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida YaIM va AKT sohasida yaratilayotgan yalpi qo‘shilgan qiymat orasida kuchli bog‘liqlik borligi aniqlangan. Bundan tashqari, investitsiyalarning tarkibiy o‘zgarishlarga ijobiy ta’siri borligi, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining ko‘payishi natijasida YaIM hajmi ham, tarkibiy o‘zgarishlar darajasi ham oshib borishi tahlil asosida tadqiq etilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Maxmudov, N., & Avazov , N. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI CHUQURLASHTIRISH VA UNGA INVESTITSIYA OMILINING TA’SIRINI BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(3), 27–40. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/90
Ko'rishlar soni: 32