HOVUZDA SUVNING AYLANISH TIZIMINI HOSILQILISH – HOVUZ BALIQCHILIGINING IQTISODIYSAMARADORLIK OMILI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Respublikamiz baliqchiligi tahlili shuni ko‘rsatadiki, baliq chavoqlari biomassasini kam miqdorda yetishtirish hamda o‘tgan asrning 60-80 yillarida qurilgan va hozirda ommaviy ravishda qurilayotgan sun'iy tuproq suv havzalaridan samarasiz foydalanish respublika baliqchilik tarmog‘ining eng zaif bo‘g‘ini hisoblanadi. Ushbu ko‘llar yuza qismining kattaligi 50-100 gektar va chuqurligi yetarli emasligi sababli ko‘llar kam miqdorda, 2000-3000 dona karp turidagi baliqlar bilan baliqlantirilib, ekstensiv usulda parvarishlash amalga oshiriladi va 1,0 gektar hovuz hisobiga baliq mahsuldorligi 1,0-3,0 tonnani tashkil qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, katta miqdorda suv, mineral o‘g‘it va omuxta yem talab qiladi. Farg‘ona Davlat universiteti “Baliqchilik innovatsion markazi”da, respublikamiz iqlim sharoitida aeratorlar qo‘llanmasdan, hovuz suvida suv aylanishini (tsirkulyatsiyalanishini) tashkil qilish orqali baliqlar uchun qulay gidrobiologik sharoitni hosil qilib, hovuzdagi baliqlarni yetarli miqdordagi kislorod bilan ta'minlab, yuzasi kichik (0,5; 1,0; 1,5 ga) bo‘lgan sun'iy tuproq hovuzlarida intensiv usulda – polikulturada karp turidagi baliqlarni parvarishlash orqali, baliq mahsuldorligining ekstensiv baliq yetishtirish usuliga nisbatan 3-4 barobar ortishiga erishilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Qurbonov , R., O‘rinov , A., Nosirov , I., Mamajonov , A., Abdullayev, I., Mamatqulov , M., Mirzaboboyeva , S., & Xalimov , A. (2021). HOVUZDA SUVNING AYLANISH TIZIMINI HOSILQILISH – HOVUZ BALIQCHILIGINING IQTISODIYSAMARADORLIK OMILI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(3), 41–53. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/91
Ko'rishlar soni: 30