TUT IPAK QURTINING (BOMBYX MORI L.) PARTENOGENETIK KLONLARIDAN DURAGAYLASHDA FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Jahon ipak bozoridagi keskin raqobat ipakchilik sohasini rivojlantirish va bunda yangi biotexnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. “Klon” so‘zi grek tilidan tarjima qilinganda, “tarmoq” ma'nosini bildiradi. Klon chatishtirilmasdan ko‘paytirilgan bir organizmning avlodi hisoblanadi. Klonlarning barchasi genetik jihatdan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, bir-birining aynan nusxalaridir. Klonlarni turli yo‘llar bilan olish mumkin. Tut ipak qurtining ko‘payishiga xos bo‘lmagan notabiiy usul bu partenogenetik rivojlanishdir. Otalanmagan ipak qurti tuxumiga harorati t = 46 0 C issiq suvda, 18 daqiqa davomida ishlov berish (termoaktivatsiya) natijasida ipak qurtining jinsiy hujayralarida meyozning reduktsion bo‘linishi to‘xtaydi. Buning natijasida tuxum hujayralari xromosomalarning diploid to‘plami holatida qoladi va ular zigotalar kabi rivojlanadi. Tut ipak qurtida jinsiy xromosomalar bo‘yicha geterogameta urg‘ochi jins bo‘lgani sababli termoaktivlashtirilgan tuxumlardan faqat urg‘ochi jinslar partenogenetik klonlar rivojlanadi. Tut ipak qurtining bu xususiyati 100% toza duragaylar yaratishda katta muammolarni hal qilishga imkon yaratadi. Dunyo ipakchiligida ipak qurtining geterozis xususiyatidan maksimal foydalanish uchun ipak qurtining faqat birinchi avlod duragaylarini ishlab chiqarishga asoslangani 100% toza duragay tayyorlashning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Larkina Е., Aqilov У., & Daniyarov У. (2021). TUT IPAK QURTINING (BOMBYX MORI L.) PARTENOGENETIK KLONLARIDAN DURAGAYLASHDA FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(3), 54–64. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/92
Ko'rishlar soni: 21