SEYSMIK TO‘LQIN YO‘NALISHINING MUVOZANAT TEZLANISHIGA TASIRI
Abstrakt
Maqolada mualliflarning seysmik to‘lqin yo‘nalishini inshoot zaminidagi grunt turg‘unligiga ta'sirini tadqiqotlashga oid nazariy izlanishlarining natijasi yoritilgan. To‘lqin yo‘nalishi bilan gruntning muvozanat tezlanishi orasidagi bog‘liqlik gruntning fizik va mexanik xossalari va namlik holati asosida tahlillanish natijasida loyihachilar foydalanishi uchun qulay bo‘lgan yakuniy ifoda taklif etilgan. Uning yordamida tebranayotgan grunt qatlami qa'ridagi istalgan nuqtada joylashgan zarraning siljishga qarshi muvozanat holatini aniqlash mumkin. Shu bilan birga taklif etilgan ifoda tebranayotgan zich holatdagi grunt qatlamining muvozanat holatini umumiy shaklda aks ettiradi. Undan gruntning muvozanat tezlanishi zarralararo ishqalanish kuchidan tashqari grunt zichligiga bog‘liq bo‘lgan bog‘lanish kuchi va qatlamga ta'sir etuvchi inshootdan tushayotgan bosim ta'sirini ham kuzatish mumkin. Taklif etilgan ifodaga asosan gruntlarning seysmik ta'sirga nisbatan turg‘unligi (muvozanat tezlanishi) umumiy holatda ularning mustahkamlik ko‘rsatkichlari ko‘payishi bilan ortib, qatlam qalinlashgan sari kamayadi. Shu bilan birga seysmik ta'sir burchagining ortishi ham muvozanat tezlanishi miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Maqolada taklif etilgan ifodaning amaliyotda qo‘llanilishi aniq misolda o‘z tasdig‘ini topgan.