BAMBUK TOLALI ARALASH MATOLARNI BO‘YASH IMKONIYATLARINI O‘RGANISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

To‘qimachilik sanoatiga kirib kelgan yangi innovatsion bambuk tolasini turli tolalar bilan aralashgan holda ishlab chiqarilayotgan matolarni, pardozlash muammolarini talab darajasida hal qilish maqsadida turli assortimentdagi bambuk bilan aralash tolali to‘qimachilik matolari namunalarini tayyorlash va ularni pardozlash jarayonlarining optimal variantlarini yaratish muhim axamiyatga ega. Ushbu maqolada tolaviy tarkibi nitron va bambuk tolalari aralashmasidan iborat to‘qimachilik materiallarini kimyoviy pardozlash texnologiyasini ishlab chiqish ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Nitron va bambuk tolasi asosidagi matolarni kation bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash rejimi taklif etilgan. Tadqiqot davomida bambuk va nitron tolali aralash to‘qimalarni bo‘yash uchun bir xil sinf bo‘yovchi moddasidan foydalanish orqali har ikki tolaviy komponentda intensiv rang hosil qilish imkoniyati borligi aniqlandi. Kation 4Z bo‘yovchi moddasi bilan bambuk nitron tolali aralash matolarni bo‘yash jarayonida namunalarning rang ko‘rsatkichlari bilan birga ularning fizik mexanik xususiyatlari ham maksimal darajada saqlanib qolishi isbotlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Norqulova Н., Xasanova М., & Mirzaxmedova М. (2021). BAMBUK TOLALI ARALASH MATOLARNI BO‘YASH IMKONIYATLARINI O‘RGANISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(3), 105–112. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/97
Ko'rishlar soni: 29