MARKAZIY OSIYO VA QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA ORGANIK QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTI BOZORINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Abstrakt
Dunyo miqyosida yil sayin organik qishloq xo‘jaligi mahsuloti bozori rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo va Qozog‘iston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi mahsuloti bozori farqli bosqichlarda shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Bu borada ma'lum yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, umumiy va lokal muammolar hali ham mavjud. Masalan, organik mahsulot uchun xalqaro standartlar olish, ichki va mintaqadagi bozor holati to‘g‘risidagi ma'lumotlarning yetarli emasligi, organik qishloq xo‘jaligini tashkil etish va baholash siyosatidagi farqli yondashuvlar shular jumlasidan. Ushbu tadqiqot Markaziy Osiyo va Qozog‘iston Respublikasida organik qishloq xo‘jaligi mahsuloti bozorini o‘rganish va tahlil qilish hamda har bir respublikaning qishloq xo‘jaligi xususiyatlari va kontseptual yondashuvlarni hisobga olgan holda mintaqada organik qishloq xo‘jaligi bozorining rivojlanish imkoniyatlarini baholashga qaratilgan. Ilmiy maqolada mintaqada organik mahsulot bozorining modeli va bozorning har bir respublika va mintaqada samarali ishlashini ta'minlovchi bozor infrastrukturasi tavsiya qilingan.