INNOVATSION-INVESTITSION FAOLIYATNI SOLIQLAR VOSITASIDA RAG‘BATLANTIRISHNING XALQARO AMALIYOTI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada korxonalarning innovatsion-investitsion faoliyatini soliqlar vositasida tartibga solish, xususan, rag‘batlantirishning xalqaro amaliyoti yoritilgan. Shuningdek, soliq imtiyozlari va preferentsiyalarning yangi shakllari, ularning ijobiy va afzallik jihatlari tadqiq etilgan. Jumladan, soliq krediti, investitsion soliq krediti, tadqiqot soliq krediti kabi preferentsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari va rag‘batlantirish ob'ektlari tadqiq etilgan. Shu bilan birga, maqolada mavzuga oid adabiyotlar sharhi va innovatsion faoliyatni soliqlar vositasida rag‘batlantirish dastaklari tasnifining qiyosiy tahlili keltirilgan. Bundan tashqari, korxonalarning innovatsion va investitsion faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirishning xorij tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Xususan, korxonalarning innovatsion va investitsion faoliyatini soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantirishda soliq imtiyozlarining nomuayyan muddatga to‘liq ozod qilish shaklida va hech qanday shartlarsiz taqdim etish amaliyoti o‘rniga pasaytirilgan yoki tabaqalashtirilgan soliq stavkalarini qo‘llash, soliqlarni keyinchalik bo‘lib-bo‘lib to‘lash, innovatsion mahsulot tijoratlashtirilishi natijasida olingan foydani kamaytirish hamda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat uchun qilingan xarajatlarni soliq solish bazasidan chegirish kabi yengilliklarni tatbiq etish amaliyoti ilgari surilgan. Tadqiqotlar natijasida tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilib, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Giyasov , S. (2021). INNOVATSION-INVESTITSION FAOLIYATNI SOLIQLAR VOSITASIDA RAG‘BATLANTIRISHNING XALQARO AMALIYOTI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(2), 21–33. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/99
Ko'rishlar soni: 28