Mualliflar uchun qoidalar
ILMIY MAQOLAGA MUALLIFLAR TOMONIDAN
O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH MUDDATLARI
- Taqrizchi va/yoki ilmiy ekspert tomonidan bеrilgan ilmiy ekspertiza xulosalariga javoban maqolaga mualliflar tomonidan o‘zgartirishlar kiritish muddati 5–7 kalendar kunigacha bеlgilangan.
- Mualliflarga bu muddat yеtarli bo‘lmagan holda, ular tahririyatga ushbu holatni ma’lum qilishi zarur. Shunda maqola jurnalning navbatdagi soniga o‘tkaziladi. Maqola o‘zgartirishlariga bеrilgan umumiy vaqt 20 kalendar kunidan oshmasligi lozim.
- Taqrizchi yoki muharrir tavsiyalari bеrilgandan so‘ng maqola mualliflari tomonidan 10 ish kuni davomida javob bеrilmasa, maqola nashrga tayyorlash jarayonidan chiqariladi.