Jurnalning rasmiy nomi: “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” – “Наука и инновационное развитие” – “Science and innovative development” xalqaro ilmiy-texnikaviy jurnal.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2018-yil 28 mayda ro‘yxatdan o‘tgan.

Guvohnoma raqami: № 512819

ISSN (print) 2181-9637; ISSN (online) 2181-4317

Мuassis: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining texnika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jurnal sonlariga texnika fanlari (ixtisoslik shifri – 05.00.00) yoʻnalishlari, maxsus sonlariga esa texnika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha yozilgan maqolalar qabul qilinadi

Nashrning turi – xalqaro jurnal.

Nashrning chop etiladigan tillari: oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz.

Jurnal davriyligi: 2 oyda bir marta, yiliga 6 ta son.

Zaruratga koʻra, Jurnalning maxsus sonlari ham nashr etilishi mumkin.

 

Jurnal hajmi: A4 formatda, 96–152 bet.

Jurnal tahririyati joylashgan manzil (pochta manzili): Toshkent sh., Universitet koʻchasi, 7-uy. Indeks raqami: 100174.

Web-sayt: https://ilm-fan-journal.csti.uz

E-mail: ilm.fan@inbox.ru