YUQORI SIFATLI XOM IPAK ISHLAB CHIQARISHNING YANGI USULI
Abstrakt
Maqolada pilla qobig‘i ichiga suv to‘ldirish jarayonining ilmiy tadqiqot natijalari keltirilgan. Pillalarni ikki bosqichli rejimda qayta ishlab pilla qobig‘i ichini suv bilan to‘ldirilishi yaxshilanishi aniqlangan. Tabiiy tolalardan tayyorlangan mahsulotga ehtiyoj ortgani sababli xom ipak sifatiga talab ortdi. Ushbu ishning natijasiga ko‘ra pilla bug‘lash jarayonidagi muammo yechilishi hisobiga xom ipak sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi, bulardan pillalarning uzluksiz chuvilishi, ipaklar uzug‘i kamayishi, o‘z navbatida, unumdorlik ko‘tarilishini ta'minlaydi, mahsulot tannarxi pasayadi va samaradorlik ko‘tariladi. Bu tadqiqotning mohiyati shundan iboratki, pillani oxirigacha chuvish natijasida xom ipak chiqishi ortadi, asosiy sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanib, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi.