SUV OMBORLARIDA LOYQA BOSISH JARAYONINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA BAHOLASH
Abstrakt
Suv omborlari qurilgandan keyin yuqori b'efda loyqa bosish jarayoni yuzaga keladi. Natijada o‘lik hajm loyqaga to‘lib, foydali hajmni ham loyqa bosadi. Bu esa suv omborining samaradorligini pasaytiradi. Bu muammolarning yechimini topish dunyo olimlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Yuqori b'efdagi deformatsiyalanish jarayonini o‘rganish, dala tadqiqot ishlari ma'lumotiga asoslangan usullardan foydalanib, loyqa hajmini hisoblash masalalari ustida olimlar qator izlanishlar olib borishgan. Bugungi kunda suvni boshqarish inshootlarining yuqori b'efida bo‘ladigan gidrologik jarayonlarni ilm-fanning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda aniqlash usullarini takomillashtirish, ulardan besamar yo‘qotilayotgan suv miqdorini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirish muhim masalalardan hisoblanadi. Shu jihatdan, suv omborlarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish va loyqa bosish jadalligini pasaytirish hamda ularning foydali hajmini hisoblashning takomillashgan usullarini ishlab chiqish, bu masalalarni o‘rganishda geoaxborot texnologiyalari yordamida loyqa bosish holatlarini tahlil qilish va ularning ishonchli ishlashini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. the reservoirs’ working volumes are becoming increasingly important these days. The present study is particularly focused on the review of sedimentation processes based on the use of geo information technologies and their reliable operation.