MIS TANQISLIGIGA MOYIL BOLALARNI NUTRITSION OVQATLANTIRISH VA UNING KORREKTSIYASI
TO'LIQ MATN:
Abstrakt
Ishning maqsadi mis tanqisligiga yuqori moyillikda bo‘lgan bolalarni nutritsion ovqatlantirish va korrektsiyasi uchun oziq-ovqat tarkibida mis miqdorini aniqlashdan iborat. Neytron-aktivatsion usulda o‘simlik va hayvon oziq-ovqat mahsulotlarida mis miqdori aniqlandi. Mis miqdori quyidagi mahsulotlarda yuqori ekanligi tadqiq etildi (50-100 mkg/g): tegirmon noni, qora mayiz, sumalak (o‘rtacha miqdorda (10-50 mkg/g), turshak, grek yong‘og‘i, yeryong‘oq, nok, bodom, o‘rik danagi, uzum va tut shinnisi, anjir, do‘lana va qorali. Mis tanqisligida ushbu mahalliy mahsulotlardan nutritsion ovqatlanish tavsiya etiladi. Hayvon mahsulotlaridan – tuxum oqi va sarig‘i, mol go‘shti, xalisa, sut va suzma.
Mualliflar haqida
How to Cite
Rasulov С., Axmedova Г., & Rustamova Х. (2021). MIS TANQISLIGIGA MOYIL BOLALARNI NUTRITSION OVQATLANTIRISH VA UNING KORREKTSIYASI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(1), 23–29. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/116
Ko'rishlar soni: 30