SUV OMBORI INSHOOTINING SUV O‘TKAZISH SARFI BO‘YICHA GIDRAVLIK HISOBI
Abstrakt
Bugungi kunda jahonda suv omborlarining foydali hajmini bashorat qilishning ishonchli va samarali usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan maqsadli ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Suv ombori foydali hajmi va suv omboridagi suv hajmini baholashda suv balansi tenglamasidagi asosiy kattaliklarning aniq miqdorini hisoblash lozim. Suv omboridagi suv hajmi o‘zgarishini baholash uchun suv omboridan chiqayotgan suv miqdori suv sathining o‘zgarishini aniqlash zarur. Ushbu maqola Talimarjon suv ombori misolida suv chiqarish inshootining suv o‘tkazish qobiliyatini hisoblash uslubini ishlab chiqishga qaratilgan. Suv omboridan chiqayotgan suv sarfini aniqlashda suv chiqarish inshooti darvozalarining ochilishi va yopilishi qiymati katta amaliy ahamiyatga ega. Maqolada darvozalar ochilishining sarf bilan bog‘liqligi aniqlangan. Suv ombori suv chiqarish inshootining sarf koeffitsiyentini aniqlash suv omboridagi har xil suv sathi va darvoza ochilishi bilan bog‘liq ravishda tahlil qilingan. Olingan ma'lumotlar matematik statistika uslublaridan foydalangan holda tadqiq etilgan. Natijada sarf koeffitsiyentini aniqlash uchun yangi bog‘lanish olingan. Taklif etilgan hisoblash usuli suv omboridan chiqayotgan suv miqdorini tezkor aniqlash imkonini beradi.