BANK TIZIMI ORQALI JINOIY YO‘L BILAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH USULLARI
Abstrakt
Mamlakatimizda jinoiy yo‘l orqali olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish muammosi iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu maqolada bank tizimi orqali jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish usullari tushunchasiga bo‘lgan nazariy qarashlarni tadqiq etish bilan birgalikda, uning mamlakatimiz va, xususan, hududlarni rivojlantirishdagi ahamiyatini o‘rganish hamda iqtisodiy xavfsizlikni o‘z vaqtida ta'minlashning muhimligi bo‘yicha xulosalar shakllantirilgan. Mazkur maqsadga erishish uchun pul mablag‘larini yuvish bo‘yicha uch fazali model, ya'ni jinoiy yo‘l bilan bank veksellari operatsiyalaridan foydalangan holda olingan naqd pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar bozoridan olingan daromadlar hamda jismoniy shaxs hisob raqamlari yordamida olingan daromadlarni legallashtirish usullari tahlil etildi. Tadqiqot davomida bank tizimi orqali jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta'siriga oid turli uslub va sxemalar o‘rganildi