O‘QUVCHINING MUSTAQIL FIKRLASH KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAZMUNINING ASOSIY DIDAKTIK PARAMETRLARI
Abstrakt
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchining mustaqil fikrlash kompetentsiyasini rivojlantirishda ta'lim mazmunini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri o‘quv darsliklarining muhim o‘rni va ahamiyati bayon etilgan. Ijtimoiygumanitar fanlarni o‘qitish sifat-samaradorligini oshirishning asosiy omili sifatida darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik va psixologik tamoyillar ko‘rsatilgan. Shuningdek, ijtimoiygumanitar o‘quv fanlari mazmun-mohiyatini belgilash va ko‘zlangan maqsadga erishishda mavjud didaktik parametrlarni hisobga olish zarurligi qayd etilgan. O‘quvchilarning mustaqil fikrlash kompetentsiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirgan maktab darsligining mazmunini belgilash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.