TABIIY IPAKDAN YANGI TURDAGI KO‘YLAKBOP KREP GAZLAMALAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada tabiiy ipakdan yangi turdagi ko‘ylakbop krep gazlamalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Pilla xomashyosini chuqur qayta ishlash, ipakli tayyor mahsulot ishlab chiqarish, gazlamalarning yangi va xaridorgir turlarini yaratish va o‘zlashtirish bugungi kundagi dolzarb va muhim muammolardan biridir. O‘zaro to‘qilgan tanda va arqoq iplaridan iborat bo‘lgan, polotno o‘rilishda to‘qilgan krepdeshin krep gazlamasi ma'lum. Bu gazlama turi eskitdan ma'lum bo‘lib, turi cheklangan. Krep gazlamalarning assortimentini kengaytirish maqsadida tabiiy ipakdan yangi tuzilishdagi, tanda iplari sifatida, past buramli bitta ip qilib eshilgan, 2 ta va/yoki 3 ta iplar juftlanib, o‘ng va chap yo‘nalishda buram berilgan past buramdagi pishitilgan iplardan iborat bo‘lgan krep gazlamaning yangi turlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi. Yangi turdagi ipakli ko‘ylakbop krep gazlama ishlab chiqarishning texnologik zanjiri, iplarni qayta o‘rash, juftlash, pishitish, tandalash va to‘quv dastgohida yangi turdagi krep to‘qima to‘qish jarayonlarining texnologik parametrlari hamda jarayonlarga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqildi. Olingan natijalar ipakchilik sanoati korxonalarida qo‘llanilishi mumkin.

Mualliflar haqida

How to Cite

Mirzaxonov М., Valiyev Г., & Oripov Ж. (2020). TABIIY IPAKDAN YANGI TURDAGI KO‘YLAKBOP KREP GAZLAMALAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(2), 112–116. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/169
Ko'rishlar soni: 18