NATRIY-KARBOKSIMETILTSELLYULOZA ERITMASIDA BARQAROR SELEN NANOZARRALARI SINTEZI VA XOSSALARI
Abstrakt
Mazkur ishda almashinish darajasi 0.97 va polimerlanish darajasi 810 bo‘lgan tozalangan natriy-karboksimetiltsellyuloza polimer matritsasida askorbin kislotasi yordamida turli kontsentratsiyali natriy selenit tuzi eritmasidan kimyoviy qaytarish usuli bilan har xil o‘lcham va shaklga ega selen nanozarralarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi va selen nanozarralarini sintez qilish sharoitlari aniqlangan. Natriy-karboksimetiltsellyuloza makromolekulalaridagi manfiy zaryadlangan karboksimetil guruhlari (-SN2SOO-) selen nanozarralari bilan ta'sirlashib, polimermetallokomplekslar hosil qilishi tajriba asosida isbotlandi. Tozalangan natriy-karboksimetiltsellyuloza eritmalarida o‘lchamlari 60-90 nm bo‘lgan bir jinsli barqaror selen nanozarralari sintez qilindi va sintez qilishning optimal sharoitlari aniqlandi. Tarkibida turli o‘lcham va shaklli barqaror selen nanozarralari tutgan natriy-karboksimetiltsellyuloza eritmasi xossalarini o‘rganish uchun fizik-kimyoviy tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Jumladan, IK-Furьe spektroskopiya, atom kuchlanishli mikroskopiya (AKM), rentgen difraktometrik analiz (XRD) va yorug‘likning dinamik tarqalishi (DLS) kabi fizikkimyoviy usullar qo‘llanilgan. Polimer matritsasida shakllangan selen nanozarralarining shakli va o‘lchamlari atom kuchlanishli mikroskopiya (AKM) tadqiqot usuli orqali aniqlandi. Selen nanozarralarining kristallik darajasi rentgenostrukturaviy analiz usuli orqali o‘rganildi. Sintez qilingan polimermetallokompleksda [Se(S5H7O4 -CH2OCH2COO)4 ]4-n hosil bo‘lgan kimyoviy bog‘lar IK-furьe spektroskopiya tadqiqotlari yordamida hamda polimer matritsasida shakllangan selen nanozarralarining o‘lchamlari yorug‘likning dinamik tarqalish metodi orqali aniqlandi.