DARYO CHO‘KINDILARINING TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada Sirdaryo havzasidagi KFK-So‘x to‘yintiruvchi kanali tindirgichidagi cho‘kindilarning fraktsion va kimyoviy tarkibi o‘rganilgan hamda ulardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu jarayonni o‘rganishda tindirgichda suv bilan birga harakatlanayotgan cho‘kindilarning fraktsion va agrokimyoviy tarkibi hamda suvdagi ulushining tindirgich uzunligi bo‘ylab o‘zgarishi asosiy omil sifatida qaralgan. Tindirgich cho‘kindilari fraktsion tarkibining asosiy qismini > 0,25 va 0,25-0,010 mm diametrdagi zarrachalar tashkil etib, ularning o‘rta hisobdagi umumiy ulushi tindirgichning kirish qismida 69 % va chiqish qismida 60 %ni tashkil etishi aniqlangan. Daryo cho‘kindilarining kimyoviy tarkibi ham alohida xususiyatga ega ekanligi, ekin dalalari uchun kerakli ozuqa manbalariga boyligi o‘rganildi. Olingan natijalar asosida tindirgich ish rejimi, cho‘kindilar miqdorini boshqarish orqali kimyoviy birikmalar miqdorini tartibga solish mumkinligi bo‘yicha xulosalar berilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Arifjanov, A., Samiyev , L., & Babajanov , F. (2020). DARYO CHO‘KINDILARINING TUPROQ UNUMDORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(3), 89–96. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/187
Ko'rishlar soni: 31

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari