EROZIYAGA XAVFLI MINTAQALAR VA NOQULAY SHAROITLI HUDUDLARDA TUPROQLAR MELIORATIV HOLATI VA UNUMDORLIGINI YAXSHILASHNING INNOVATSION USULI
Abstrakt
Hozirgi vaqtda tuproq eroziyasi butun dunyo miqyosida global muammo bo‘lib turibdi va butun jahon bo‘yicha u bilan kurash ketmoqda. Bu masalalar dunyo bo‘yicha, chunonchi, bizning respublikamizda ham hukumat doirasida yechilmoqda. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari hukumatlari tuproq eroziyasining har qanday ko‘rinishining oldini olish uchun kompleks choralar qabul qilmoqda. Maqolada tuproq eroziyasi, ularning turlari va ular bilan kurashish usullari, O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zTTITI) agrotexnologiyasi bo‘yicha tutzorlar barpo etish uchun mo‘ljallangan hududlar tuproqlari tadqiqining tahlili, tutzorlardan qishloq xo‘jaligi ekin yerlarining meliorativ holatini yaxshilash, ulardan suv va shamol eroziyasiga qarshi kurashda himoya to‘sqichlari sifatida foydalanish mumkinligi haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mintaqa tuproqlarining meliorativ-ekologik holatini yaxshilash va tuproq qatlami sahrolanishi jarayonining oldini olish maqsadida Orolbo‘yi mintaqalarining sertuz, degradatsiyalashgan, unumsiz yerlarida himoya tutzorlarini tashkil qilish bo‘yicha tadqiqot ishlarini davom ettirish zarurligi haqida tavsiyalar berilgan.