CHIZIQLI POLIETILEN VA POLIVINILXLORID ASOSIDAGI POLIMER ARALASHMALARI TERMOPARCHALANISH BARQARORLIGIGA KOMPATIBILIZATOR TURINING TASIRI
Abstrakt
Polimerlar asosidagi buyumlarning ekspluatatsion xususiyatlari kengayishi polimer materiallarga bo‘lgan talab ortishiga olib kelmoqda. Olingan materiallarga yuqori ekspluatatsion xarakteristikalar beruvchi, nanostrukturaviy morfologiyaga ega yangi materiallar olish yo‘llaridan biri kompatibilizator ishtirokida polimerlar aralashmalarini olishdan iborat. Ushbu tadqiqot ishida polivinilxlorid/quyi zichlikdagi polietilen (PVX/QZChPE) polimer aralashmalarining tarkibi va kompozitsiyaning termoparchalanish distruktsiyasiga kompatibilizator turining ta'siri o‘rganildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kompatibilizatorni o‘z ichiga olgan kompozitsiyada bir nechta termik parchalanish bosqichlari, aralashmada QZChPE kontsentratsiyasi miqdori oshirilganda kuzatildi. Termik parchalanishning har bir bosqichi PVX va QZChPE radikallarining rekombinatsiya reaktsiyalari tufayli hosil bo‘lgan payvandli sopolimeri tuzilishining termobarqarorligi uchun javobgardir. Kompozitsiyalarda xlorlangan polietilenni kompatibilizator sifatida qo‘llash orqali termobarqarorlikning oshishi aniqlandi.