ASKORBAT VA NANOASKORBAT XITOZAN SINTEZI HAMDA ULARNING BIOLOGIK FAOL XOSSALARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan bakteritsid, o‘sishni rag‘batlantiruvchi va fungitsid xususiyatlarga ega bo‘lgan xitozan hosilalaridan askorbat va nanoaskorbat xitozan dunyoda kata qiziqish uyg‘otadi. Xitozanning yuqoridagi hosilalarini olishga oid va ularning fizik-kimyoviy xossalari yoritilgan zamonaviy ilmiy adabiyotlar tadqiq qilindi. Nanoaskorbat xitozan namunalarini ionotrop gel shakllanish usuli yordamida sintez qilishning iqtisodiy samarador bo‘lgan maqbul sharoitlari aniqlandi. Ilk bora askorbat va nanoaskorbat xitozan namunalarini Bombyx mori xitozani asosida olishning printsipial imkoniyatlari asoslandi. Manbalar va shaxsiy tadqiqotlarimiz asosida askorbat va nanoaskorbat xitozan Bombyx mori namunalarining o‘simlik va inson organizmidagi patogenlarga nisbatan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari urug‘larini ekishdan oldin ishlov berishda kapsullashning innovatsion texnologiyasini qo‘llash orqali namoyon qiladigan biologik faol xossalari keltirildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Pirniyazov К., & Rashidova С. (2020). ASKORBAT VA NANOASKORBAT XITOZAN SINTEZI HAMDA ULARNING BIOLOGIK FAOL XOSSALARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(5), 47–62. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/234
Ko'rishlar soni: 19