MENDELEEV DAVRIY SISTEMASI ELEMENTLARIDA ATOMLAR NOLINCHI TEBRANISHLARI O‘RTACHA KVADRATIK AMPLITUDALARINING TARTIB RAQAMIGA BOG‘LIQLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Kristallarda atomlarning issiqlik tebranishlari nazariyasi hamda kristallarda rentgen va issiq neytronlarning tarqalish nazariyasiga asosan, kristall atomi nolinchi tebranishlarining (T = 0K) o‘rtacha kvadratik amplitudasi atom massasi va ular orasidagi bog‘lanish kuchlari bilan aniqlanishi ko‘rsatildi va kristallning Debay temperaturasi va massasining ko‘paytmasiga teskari proportsional ekanligi aniqlandi. O‘rtacha haroratlarda elementlarning boshqa fizik xususiyatlar kabi atomlarning issiqlik (T = 300 K da) va nolinchi (T = 0K da) tebranishlarining amplitudalari ham elementlarning tartib soni bo‘yicha bir xil davriy bog‘liqlikka ega ekanligi aniqlandi. Bunga sabab, atomlarning tashqi elektron qatlamlari tuzilishi haroratga zaif bog‘lanishda bo‘lishidir. Natijalar materialshunoslik va texnologiyada, kriogen haroratdagi materiallarning mexanik va termofizik xususiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchamasdan Debay temperaturasi orqali baholashda ishlatilishi mumkin.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xidirov И., Rahmanov С., & Maxmudov Ш. (2019). MENDELEEV DAVRIY SISTEMASI ELEMENTLARIDA ATOMLAR NOLINCHI TEBRANISHLARI O‘RTACHA KVADRATIK AMPLITUDALARINING TARTIB RAQAMIGA BOG‘LIQLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(4), 40–46. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/236
Ko'rishlar soni: 4