GENETIK MODIFIKATSIYALANGAN DNKni O‘ZBEKISTONDAGI OZIQ-OVQATLARDA ANIQLASHA
TO'LIQ MATN:
Abstrakt
Maqola O‘zbekiston bozorlarida genetik o‘zgartirilgan oziq-ovqatlarni aniqlashga bag‘ishlangan. Oziq-ovqatlarda genetik o‘zgartirilgan organizmlar (GO‘O)ning mavjudligi polimeraza zanjir reaktsiyasi uslubi yordamida rangli karam mozaik virusining 35S promotori va Agrobacterium tumefaciens tuproq bakteriyasi Ti plazmidasining NOS terminatorini (T–NOS) nukleotid ketma-ketliklarini qidirish orqali tadqiq qilindi. Olib borilgan tadqiqot o‘rganilgan DNK namunalarida gen-ijeneriyasi yordamida kiritilgan o‘zgarishlarni aniqlamadi. Ushbu ilmiy ishda ishlatilgan uslublar va olingan natijalar genetik o‘zgartirilgan organizmlarni aniqlash bo‘yicha xizmatni tashkil etish uchun asos bo‘ladi.
Mualliflar haqida
How to Cite
Abdiraimova Х., & Shermatov Ш. (2019). GENETIK MODIFIKATSIYALANGAN DNKni O‘ZBEKISTONDAGI OZIQ-OVQATLARDA ANIQLASHA. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 2(6), 44–49. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/258
Ko'rishlar soni: 20