ZOMIN MILLIY TABIAT BOG‘I DORIVOR O‘SIMLIKLARIDA PUCCINIA PERS. TURKUMI TURLARINING TARQALISHI
Abstrakt
Ushbu maqola Zomin Milliy tabiat bog‘i hududidagi dorivor o‘simliklarda tarqalgan zang zamburug‘larining Puccinia turkumi turlariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlar natijasida Zomin Milliy tabiat bog‘i hududidagi yuksak o‘simliklarda Puccinia turkumiga mansub 22 ta tur aniqlangan. Mazkur zang zamburug‘larining xo‘jayin o‘simlik turlari, turkumlari va oilalari bo‘yicha tarqalishi tahlil qilinganda, ular 10 oila, 21 turkumga mansub 28 o‘simlik turida uchraganligi qayd qilindi. Shuningdek, Puccinia turkumi turlarini tadqiqot hududida tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari tuzilgan. Puccinia turkumi turlari tadqiqot hududidagi Arctium leiospermum Sur. et.C Serg, Artemisia absinthium L, Berberis interarrina Bunge, Bunium choerophylloides Pegcl. et. Schmaeh., Cichorium intybus L., Impatiens parviflora DC., Lonicera korolkowii Stapf, Lonicera altmanii Regel et Schmalh, Mentha aquatica L., Origanum tyttanthum Gontsch., Tussilago farfara L. Urtica dioica L., Ziziphora pedicellata Pasij & Vved, Ziziphora pamiroalaica Juz. va boshqa dorivor o‘simliklarni kuchli zararlantirganligi qayd qilingan.