HUDUD IQTISODIYOTI TARMOQLARINING KLASTERLASHTIRISH SALOHIYATINI BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqola hududlar iqtisodiyoti tarmoqlarining klasterlashtirish salohiyatini baholash masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada hududlarning klasterlashtirish salohiyatini baholash bo‘yicha AQSh, G‘arbiy Yevropa va Rossiya Federatsiyasi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan usullar o‘rganilgan. Xorijiy tajribani o‘rganish asosida muallif tomonidan O‘zbekiston hududlari iqtisodiyoti tarmoqlarining klasterlashtirish salohiyatini baholashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan. Taklif etilgan usul asosida Buxoro viloyati iqtisodiyotida nisbatan yuqori ulushga ega bo‘lgan to‘qimachilik va kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar hamda teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoqlarining klasterlashtirish salohiyati baholangan. Tadqiqotning axborot manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma'lumotlar olingan. Baholash natijalariga ko‘ra, viloyatning to‘qimachilik va kiyim ishlab chiqarish tarmog‘ining klasterlashtirish salohiyati boshqa tarmoqlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan va hududda shu tarmoqqa mansub klasterlar faoliyatini rivojlantirish tavsiya etilgan. Taklif etilgan usuldan hududiy boshqaruv organlari tomonidan mintaqaviy iqtisodiy siyosat yo‘nalishlarini aniqlashda foydalanish tavsiya etilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Sodikov , A., & Begimova, D. (2022). HUDUD IQTISODIYOTI TARMOQLARINING KLASTERLASHTIRISH SALOHIYATINI BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(4), 83–96. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/317
Ko'rishlar soni: 28