IRRIGATSION KANALLARDA DARYO OQIZIQLARINING TARKIBIY QISMI TAHLILI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada daryo oqiziqlarining irrigatsion kanallarda mexanik va kimyoviy tarkibi miqdori tahlil qilingan. Suv resurslarining tarkibiy qismi bo‘lgan daryo oqiziqlarining daryo o‘zani, kanal, gidrotexnik inshootlar va ekin maydonlaridagi harakati tabiatdagi global aylanishlarning bir turi hisoblanadi. Gidrologik tadqiqotlar bo‘yicha faqat Amudaryo o‘zanining o‘zida yil davomida juda katta miqdorda oqiziqlar harakati kuzatiladi. O‘zbekistonda foydalanilayotgan irrigatsion kanallar monitoringiga ko‘ra, ko‘pgina inshootlar optimal rejimda samarali va xavfsiz ishlashi uchun daryo oqiziqlarining ilmiy asoslangan boshqarish hamda ulardan samarali foydalanish uslubi va texnologiyalari talab etiladi. Ularning yetishmasligi esa salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu masalalarning samarali yechimini topish tadqiqot maqsadi etib belgilangan. Tabiiy dala sharoitida o‘tkazilgan tajribalar asosida daryo oqiziqlarining mexanik va kimyoviy tarkibining kanal uzunligi bo‘yicha taqsimoti tadqiqoti asosida xulosalar berilgan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Arifjanov , A., Samiyev , L., & Babajanov , F. (2022). IRRIGATSION KANALLARDA DARYO OQIZIQLARINING TARKIBIY QISMI TAHLILI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(5), 13–19. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/320
Ko'rishlar soni: 13

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari