HUDUDLARDA AGROTURISTIK SALOHIYATNI BAHOLASH USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Turizm iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan va yuqori rentabelli tarmog‘i sifatida hududlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mahalliy va hududiy miqyosda daromad manbai hisoblanadi. Hududda turizm biznesini shakllantirish uchun asos bo‘lgan agroturistik salohiyatni baholash hududiy agroturistik mahsulotning xususiyatlari va tarkibi, yangi sayyohlik yo‘nalishlari, qishloq joylarda investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishni belgilaydi. Ushbu maqolada qishloq hududlarida agroturistik salohiyatni baholash usullari umumlashtirilgan bo‘lib, uni kompleks baholash zarurati asoslangan. Shuningdek, «turistik salohiyat» tushunchasi, uning shakllanishida ta'sir etuvchi omillar va baholash parametrlari o‘rganilgan. Ijtimoiy idrok nuqtai nazaridan agroturizmning ustunlik tomonlari yoritilgan. Hududning turistik-rekreatsion salohiyati va agroturistik jozibadorligini baholash bosqichlari keltirilgan. Ma'muriy hududlarda agroturizm rivojlanishini integral baholash usuli hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va raqobat ustunliklarini hisobga olgan holda, uning agroturistik salohiyati darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar Styorjess mezoni bo‘yicha tasniflash asosida tadqiq qilingan. Umumlashtirilgan usullardan foydalanish har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, agroturizm salohiyatini ob'ektiv baholashga imkon beradi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Amirov , A. (2022). HUDUDLARDA AGROTURISTIK SALOHIYATNI BAHOLASH USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(5), 79–91. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/328
Ko'rishlar soni: 12