POLIVINILXLORID VA POLIETILEN ASOSIDAGI POLIMER ARALASHMALARNING FIZIK-MEXANIK XUSUCIYATLARIGA KOMPATIBILIZATOR VA ARALASHTIRISH TEZLIGINING TA'SIRI
Abstrakt
Ushbu ishda ikki turdagi kompatibilizator ishtirokida olingan polivinilxlorid (PVX) va polietilen (PE) polimer aralashmalarining deformatsiyalanish xususiyatlari o‘rganildi; aralashmalarning elastik-mustahkamlik xususiyatlari va eritmadagi komponentlar aralashmasi intensivligi o‘zgarishlarining qiyosiy bahosi amalga oshirildi. PVXning plastifikator bilan plastifikatsiyalanish samaradorligiga aralashtirish tezligining ortib borishi orqali erishilishi aniqlandi. Bu elastik moduli va oquvchanlik chegarasidagi kuchlanishning kamayishi orqali tushuntirildi. Kompatibilizatorsiz PVX matritsali polimer aralashmalar uchun PE miqdorining ko‘payishi oquvchanlik chegarasidagi kuchlanish va uzilishdagi nisbiy uzayishning kamayishiga olib keldi. Intensiv aralashtirishda aralashmaning teng miqdorlari uchun deformatsiya egri chiziqlari oquvchanlik zonasi va oriyentatsiya tartiblanishi kuzatildi.