MENDELEEV DAVRIY SISTEMASINING D – ELEMENTLARI ATOMLARINING KVAZIELASTIKLIK KOEFFITSIENTI VA ISSIQLIK TEBRANISHLARINING O‘RTACHA KVADRATIK AMPLITUDACINING GURUHDAGI TARTIB RAQAMIGA BOG‘LIQLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Elementlarning Mendeleyev davriy sistemasining Ti→Ni qatoridagi III a va VIII a guruhlarning tartib soni ortishi bilan d – elementlari atomlarining kvazielastiklik kuch koeffitsiyenti (f) ortishi, issiqlik tebranishlarining o‘rtacha kvadratik amplitudasining esa (√u2) kamayishi ko‘rsatildi. d – elementlarga mansub mis va rux guruhlarida oldingi guruhlardagi d – elementlarga qaraganda teskari bog‘lanish kuzatiladi, ya'ni guruhdagi atomlarning tartib soni ortishi bilan atomlarning kvazielastiklik kuch koeffitsiyenti kamayadi, issiqlik tebranishlarining o‘rtacha kvadratik amplitudasi esa ortib boradi. Kuzatilgan qonuniyatlar modda elektron tuzilishining konfiguratsiyaviy modeli orqali quyidagicha tushuntirildi. Davriy sistemaning Ti→Ni qatoridagi III a – VIII a guruhlarning d – elektron orbitallari s – elektronlarning orbitallari bilan kesishib, ularning kesishuv darajalari bosh kvant soni ortishi bilan kuchayadi. Natijada atomlararo kuchlar ortadi. Mis guruhidagi rangli metallarda bog‘lanish, asosan, s – valent elektronlari orqali amalga oshadi. Ularning bosh kvant soni ortishi bilan atomlarning bog‘lanish kuchlari kamayadi. Rux guruhida d10 – valent elektronlarining orbitallariga g‘alayonlangan s2 – elektronlar yumshatuvchi ta'sir ko‘rsatib, bu ta'sir tartib raqam ortishi bilan kuchayadi va atomlarning bog‘lanish kuchlari susayadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Xidirov И., Raxmanov С., & Maxmudov Ш. (2020). MENDELEEV DAVRIY SISTEMASINING D – ELEMENTLARI ATOMLARINING KVAZIELASTIKLIK KOEFFITSIENTI VA ISSIQLIK TEBRANISHLARINING O‘RTACHA KVADRATIK AMPLITUDACINING GURUHDAGI TARTIB RAQAMIGA BOG‘LIQLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 3(6), 63–69. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/351
Ko'rishlar soni: 10