YONGʻINNI VIDEOTASVIRDA RANGLI FILTRLASH BILAN INTENSIVLIK OʻZGARISHI ASOSIDA ANIQLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Videoanalitika va kompyuter koʻrishi videoma’lumotlari yongʻinni avtomatik aniqlash imkonini beradi. Mazkur maqolada videotasvirdan yongʻinni aniqlashning samarali usullarini topish uchun turli xil algoritmlar amalga oshirildi. Shunday algoritmlardan biri sifatida rangga asoslangan yongʻinni aniqlash algoritmi tasvirlangan. Ushbu yondashuv asosida yongʻinni aniqlashda rang modelining oʻzidan foydalanish samarali natija bera olmaydi. Videotasvirdan yongʻinga oʻxshash obyektlardan yongʻinni ajratib olishda piksellar intensivligining vaqtinchalik oʻzgarishini baholash usulidan foydalanilgan. Bunda kadrlar ketma-ketligida intensivlikning oʻrtacha qiymati olinadi. Taklif etilayotgan usul samaradorligini koʻrsatish uchun OpenCV (Open Source Computer Vision Library) kutubxonasidan foydalanib, Python dasturlash tilida dasturiy ta’minot ishlab chiqildi va natijalar olindi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Axatov , A., Tojiyev , M., & Shirinboyev , R. (2023). YONGʻINNI VIDEOTASVIRDA RANGLI FILTRLASH BILAN INTENSIVLIK OʻZGARISHI ASOSIDA ANIQLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(2), 13–21. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/397
Ko'rishlar soni: 50