GLOBAL INNOVATSION INDEKSDAGI RAQOBAT KURASHI VA UNDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Innovatsion rivojlanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash, ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va istiqbolda rivojlantirish zarur bo‘lgan zaif nuqtalarini aniqlashda jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan Global innovatsion indeks (GII) reytingida O‘zbekistonning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada GII reytingida mamlakatning munosib o‘rin egallashi, iqtisodiyot uchun dolzarbligi va asosiy yo‘nalishlari ochib berildi. Jahon mamlakatlari o‘rtasida GII reytingida munosib o‘rin uchun raqobat holatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning samaradorligi ochib berilgan. GII reytingida 50 ta ilg‘or mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi tahlil qilindi va 2030 yilda O‘zbekistonning mazkur ro‘yxatdagi mamlakatlar qatoriga kirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Абдувалиев, А. (2022). GLOBAL INNOVATSION INDEKSDAGI RAQOBAT KURASHI VA UNDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(1), 17–27. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/4
Ko'rishlar soni: 38