ASINXRON MOTOR REAKTIV QUVVATINI NAZORAT QILISH VA BOSHQARISHDA QO‘LLANILADIGAN TOK O‘ZGARTKICHNING DINAMIK TAVSIFLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada asinxron motor reaktiv quvvatini nazorat qilish va boshqarish uchun tok o‘zgartkichidan foydalanildi. Tok o‘zgartkich asinxron motor stator pazlari va asosiy chulg‘am pona orasiga joylashtirildi. Bu esa asinxron motor stator chulg‘amida hosil bo‘luvchi asosiy va sochiluvchan magnit oqimlar hisobiga kuchlanish ko‘rinishida signal chiqaradi. Turli xususiyatli miqdorlarning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, o‘lchov chulg‘amidan olinayotgan signalning dinamik xususiyatlarini o‘rganish o‘zgartkichning birlamchi va ikkilamchi signal o‘zgartirish bo‘laklari, signal uzatish elementlari hamda o‘tish jarayonlarini tavsiflovchi differensial tenglamalarni shakllantirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar tufayli tadqiqotlarning ilg‘or matematik apparati – graf modeli va uning analitik ifodalari asosida olib boriladi. Tok o‘zgartkichning asosiy elementi o‘lchov chulg‘ami, ya’ni sezgir element hisoblanadi. O‘lchov sezgir elementi asinxron motor stator pazlari sonidan kelib chiqib, ikki yoki uch halqali qilib joylashtiriladi. Mustaqil o‘lchov chulg‘amiga nisbatan o‘lchashning aniqligi, ishonchliligi, sezgirligi ortadi. O‘lchov sezgir element halqalari mustaqil yoki ketma-ket ulanadi. Ketma-ket ulanganda, chiqish kuchlanishining miqdori ikki marta oshadi. Mustaqil va ketma-ket ulaganimizda, asinxron motor birlamchi stator tokiga ta’sirining dinamik tavsiflar yordamida tadqiqoti olindi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Boixanov , Z. (2023). ASINXRON MOTOR REAKTIV QUVVATINI NAZORAT QILISH VA BOSHQARISHDA QO‘LLANILADIGAN TOK O‘ZGARTKICHNING DINAMIK TAVSIFLARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 6(2), 22–29. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/400
Ko'rishlar soni: 15