VIDEOTASVIRLARDAN OLINGAN MA’LUMOTLAR ASOSIDA SHAXS POZASINI TANIB OLISHNING NEYROTARMOQLI MODELI
Abstrakt
Bugungi kunda shaxsni ta-nib olish va identifikatsiya qilishning bir nech-ta usullari mavjud bo‘lib, ular kundan-kunga takomillashib bormoqda. Biroq bu usullarni qalbakilashtirish holatlari ham kuzatilmoqda.
Zamonaviy videokuzatuv tizimlari rivojlanib, shu tizimlar yordamida ma’lum bir hududda sodir bo‘layotgan barcha voqea-hodisalarni suratga olish hamda olingan ma’lumotlarni neyron tar-moqlar yordamida tezkor va samarali tahlil qi-lish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. Videotasvir-lar orqali shaxs harakatini kuzatish, taqiqlangan hududga noqonuniy kirishni aniqlash, kame-ralardan olingan surat yordamida jinoyatchilar-ni topish, qidiruvdagi jinoyatchilarning boshqa biometrik ma’lumotlarni o‘zlashtirgan holda, xo-rijiy davlatlarga chiqish yoki kirishini nazorat qi-lish mumkin. Ushbu tizim aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, dengiz portlarida jinoyatchilarni ush-lashga yordam beradi, bir qatorda yoki olomon-da bo‘lgan odamlar sonini avtomatik ravishda sanaydi va ularning harakatlari xarakterini tahlil qiladi. Bu esa insonning subyektiv aralashuvi va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan vaqtni kamaytiradi. Bundan tashqari, sportchilar harakatlarida ham pozani neyron tarmoqlar yor-damida baholash hozirda keng qo‘llanilmoqda.
Xususan, sportchilarni guruhdan ajratib olish va shaxsiyatga qarab xatti-harakatlarini o‘rganish, buning natijasida sport mashg‘ulotlari samara-dorligini oshirish mumkin.