BIOLOGIK PARCHALANUVCHI PAYVAND SOPOLIMER LLDPE-G-MA/GEL KOMPOZITLARNING MORFOLOGIK VA TERMIK XUSUSIYATLARI
Abstrakt
Ushbu maqolada nozik disperslan-gan aralashma morfologiyasiga erishish uchun funk-sionallashtirilgan polietilenni jelatin bilan reaktiv ara-lashtirishda chiziqli past zichlikli polietilen payvand-langan maleik angidrid va jelatin (LLDPE-g-MA/Gel) asosida bioparchalanuvchi payvand sopolimeri hosil qilish jarayoni yoritilgan. Aralashmaning tarkibiy qism-larini tanlash yordamida uning morfologiyasi va termal xususiyatlari o‘rganildi. Jelatin degradatsiyasi tufayli uning miqdori oshgani sayin kompozitsiyaning termal barqarorligi (dastlabki harorat) pasayishi aniqlandi. 400–500ºC harorat oralig‘ida jelatin miqdori ortishi bi-lan payvand sopolimerining parchalanish tezligi sezi-larli darajada oshadi. Xuddi shu tarkibdagi namunalar Brabender plastografi va mexanik aralashtirgich yor-damida olindi va namunalarning morfologik tuzilishi ularning aralashtirish tezligiga qarab aniqlandi. Mor-fologik tuzilishiga ko‘ra, tezlik ortib borishi ikki kom-ponentning samarali reaksiyaga kirishishi va zarralar-ning kichrayishiga olib keladi