LAZER NURIGA NISBATAN SILJISHNI BELGILOVCHI OPTIK-TOLALI AVTOMATIK REGISTRATOR
Abstrakt
Mazkur maqolada tayanch chiziq sifatida lazer nuri qo‘llanilgan stvor o‘lchash jarayonida fotoelektrik va optik-elektron vositalar yordamida siljish kattaligini belgilovchi geodezik asbob va usullarni mukammallashtirish masalalari o‘rganilgan.
Tabiiy kuzatuvlar yordamida gidrotexnik inshootlar va to‘g‘onlarning deformatsiya va siljishlarini aniqlash hamda o‘lchash usuli, shuningdek, avtomatlashtirish darajasi, tezkorligi va samaradorligini oshirish dolzarbligi asoslab berilgan. Maqolada bugungi kunda lazer nuriga nisbatan siljishni aniqlovchi zamonaviy skanerlash va fotoelektrik stvor o‘lchov usul va taqqoslash tahlili asosida to‘g‘ri chiziqqa nisbatan siljishni aniqlovchi, chiziq-aylana tipidagi tolali optik-elektron registrator ishlanmasi taklif etilgan, qurilmaning funksional va elektron sxemasi berilgan. Shuningdek, registrator yordamida stvor chizig‘iga siljishni o‘lchashning nisbiy aniqligi hisobi hamda analizatorga tushadigan lazer nuri nisbiy oqimining hisob formulalari keltirilgan.