TO‘QUV DASTGOHIDA IP TARANGLIGINI ANIQLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Tadqiqot mavzusi matematik modellar yordamida toʻqimachilik dastgohida iplarning taranglik kuchini optimallashtirish va to‘qima sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu ishning maqsadi tabiiy ipakdan tayyorlangan to‘qimalar ishlab chiqarishda uzilishlar soni va mexanik shikastlanishlarni kamaytirish uchun iplarning optimal taranglik kuchini hisoblash metodini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning dolzarbligi toʻqimachilik mahsulotlari sifatini oshirish va ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish orqali xarajatlarni kamaytirish zaruratidan kelib chiqadi. Muammo shundan iboratki, toʻquv jarayonining turli bosqichlarida iplarning taranglik kuchini boshqarishga imkon beradigan aniq matematik modellar yetishmaydi. Tadqiqot metodologiyasi variatsion hisoblashga asoslangan boʻlib, taranglik taqsimotini baholash uchun funksional joriy etilib, uni minimallashtirish uchun Eyler tenglamasi yechildi.
Natijada har xil mato va dastgohlar uchun qoʻllanishi mumkin boʻlgan iplarning taranglik kuchini taqsimlashning optimal modeli olindi. Natijalarni sanoat toʻqimachilik sohasida, ayniqsa, nozik materiallar ishlab chiqarishda qoʻllash mumkin. Xulosalar shuni koʻrsatadiki, taklif etilgan model taranglikning bir tekis taqsimlanishini taʼminlaydi, nuqsonlarni kamaytiradi va to‘qima sifatini yaxshilaydi.

How to Cite

Axunbabayev Oxunjon Abduraxmonovich, Karimov Rustam Jaxongir o‘g‘li, & Muhammadrasulov Shamsiddin Xasanovich. (2024). TO‘QUV DASTGOHIDA IP TARANGLIGINI ANIQLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(6), 52–60. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/478
Ko'rishlar soni: 5

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari