DORIVOR O‘SIMLIKLARNI GELIOQURITISH QURILMASIDA QURITISH JARAYONINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Abstrakt
Mazkur maqolada dorivor o‘simliklarni gelioquritish qurilmasida quritish tajribalari yoritilgan. Quritish tajribalari yangi turdagi quyosh quritgichida olib borildi. Quyosh quritgichi havo kollektori, quritish kamerasi va havo aylanish tizimidan iborat. Quritish davrida quritish moslamasining turli darajalarida quritish havosining harorati, nisbiy namligi, havo oqimi tezligi, quyosh nurlanishi va massa yo‘qotilishi doimiy ravishda o‘lchandi. Boshlang‘ich namligi 0,85 quruq modda (kg suv/kg quruq modda) bo‘lgan dorivor o‘simliklar quyosh nurlanishining o‘zgarishiga qarab har xil haroratda oxirgi namlik miqdori 0,13 (kg suv/kg quruq modda)gacha quritilgan. Quritish vaqti namlik nisbati bilan eksponensial va polinom munosabatlarga ega. Samarali diffuziya koeffitsiyenti harorat oralig‘ining turli darajalarida o‘zgargan. Barcha qo‘llangan 11 ta empirik quritish modellaridan Midilli – Kucuk va Page modellari tajriba ma’lumotlariga ko‘proq mos keldi. Xuddi shunday, matematik modelning ishlashi korrelyatsiya koeffitsiyenti (R2), qisqartirilgan x-kvadrat (X2) va o‘rtacha kvadrat xatosi (RMSE) koeffitsiyentlarini solishtirish orqali tekshirildi