VERTIKAL DRENAJ SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA OQIMCHALI NASOS QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI
Abstrakt
Vertikal drenaj tizimlari nasosli va quvurli quduqlardan foydalanadigan drenaj tizimlardir. Maqolada vertikal drenaj samaradorligini oshirish uchun oqimchali nasosdan foydalanish taklif etilgan. Oqimchali nasosdagi gid ravlik jarayonlarni o‘rganish uchun laboratoriya qurilmasi tayyorlandi va tadqiqotlar olib borildi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda oqimchali nasosdagi so‘rish jarayoniga haydash quvuri diametrining ta’siri o‘rganildi. Haydash quvuri d = 40 mm bo‘lganda, injeksiya koeffitsiyentining maksimal qiymati 50 %ga yetdi.
Laboratoriya tadqiqotlari natijalari tahlili asosida taklif etilgan vertikal drenaj tizimida qo‘llaniladigan oqimchali nasosning so‘rish qobiliyati va so‘rish balandligini aniqlash bo‘yicha bog‘lanish olindi.