OʻRIK MEVASINI MAJBURIY KONVEKSIYALI QUYOSH QURITGICHIDA QURITISH VAQTINI HISOBLASH
Abstrakt
Ochiq quyoshda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish an’anaviy quritish usullaridan biri hisoblanadi. Quyosh energiyasidan foydalangan holda, oziq-ovqat mahsulotlarini quritish uchun ko‘pincha turli o‘lcham va modellarga ega quritgichlar qo‘llaniladi. Majburiy konveksiyali quyosh quritgichi o‘rik mahsulotini quritishga doir so‘nggi ishlanmalardan biri bo‘lib, uning ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha hisoblashlar yetarlicha ko‘rib chiqilmagan. Ushbu ishda majburiy konveksiyali quyosh quritgichida o‘rikdan yuqori sifatli turshak, bargak (qaysa) va kuraga tayyorlash jarayoni tahlil etildi. Shuningdek, quritish vaqtining havo sarfi va haroratiga bog‘liqlik xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Nazariy hisoblashlar natijalariga ko‘ra, havo sarfi 0,018, 0,028 va 0,034 kg/s bo‘lgan qiymatlarda quritish vaqtlari hisoblandi. Massasi 4 kg ho‘l o‘rikdan 48,36 daqiqada 750 g quritilgan o‘rik olish nazariy tadqiq qilindi. Majburiy konveksiyali quyosh quritgichida berilayotgan havo sarfi va haroratining o‘zgarishi quritish vaqtiga ta’sir qiluvchi asosiy parametrlari ekanligi aniqlandi