ELEKTR UZATISH TARMOQLARIDA KUCHLANISH OG‘ISHINING EKSPLUATATSIYADAGI KUCH TRANSFORMATORLARI ISH REJIMIGA TA’SIRI
Abstrakt
Elektr iste’molchilarining ulanishi natijasida turli qarshilikka ega elektr uzatish liniyalarida kuchlanish og‘ishining vujudga kelishi energiya tizimining muhim elementlaridan biri bo‘lgan kuch transformatorlarining ishlash ishonchliligi va xizmat ko‘rsatish muddati kamayishi, ishdan chiqish ehtimolligi va transformator magnit o‘zagida gisterezis toklari ortishi bilan cho‘lg‘amda qo‘shimcha qizish holatlarining paydo bo‘lishi hamda qo‘shimcha aktiv quvvat isrofiga sabab bo‘ladi.
Ushbu holatlar kelib chiqishining oldini olish va elektr uzatish liniyasidagi kuchlanish og‘ishi natijasida kuch transformatorida hosil bo‘ladigan shikastlanishlarni kamaytirish hamda kuch transformatorida quvvat isrofini minimallashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishining maqsadi kuchlanish og‘ishi natijasida kuch transformatorlarida hosil bo‘layotgan qo‘shimcha quvvat isrofini aniqlashdir. Tadqiqot predmeti sifatida ekspluatatsiya holatida bo‘lgan moyli kuch transformatorining magnit o‘zagi va cho‘lg‘amlari tanlab olindi. Ulanish sxemasi Δ/⅄0-11 bo‘lgan TM-100/10/0,4-У3 moyli kuch transformatorida o‘tkazilgan eksperiment tadqiqotlar asosida uning yuqori va quyi qisqichlarida kuchlanish og‘ishi mavjud bo‘lishi uning aktiv qismlarida qo‘shimcha quvvat isrofiga olib kelishi yaratilgan dasturiy ta’minot yordamida hisoblab chiqildi.
Bundan tashqari, har xil yuklama rejimida ishlayotgan ushbu kuch transformatorida quvvat isrofi uning yuklanish koeffitsiyentiga bog‘liq ekanligi aniqlandi.