ILMIY MAQOLA ILMMETRIYA FANI OBYEKTI SIFATIDA
Abstrakt
Mazkur ishda ilmiy maqolaning paydo bo‘lishi hamda hozirgi zamonaviy shakli haqida so‘z boradi. Maqolada XX asrning 50–60-yillariga kelib, ilmiy axborotlarning bibliografik, tahliliy, referativ sharhlarini tayyorlash, monitoringini olib borish va baholash hamda ilmiy adabiyotlarni izlash muammolarini hal qilish uchun katta hajmdagi axborotlar bazasi yaratish zaruriyati paydo boʻldi. Shu munosabat bilan ilmiy jamoatchilikda koʻp tarmoqli iqtibos indeksini yaratish haqidagi mulohazalar yuzaga keldi. Bu masalalarning yechimini topish zaruratidan kelib chiqib, amerikalik olim Yudjin Garfild “ilmmetriya” faniga asos soladi. Bunda bir qator tushunchalarga, xususan, “ilmmetriya”, “permutatsiya koʻrsatkichi”, “kvartil”, “Impakt-faktor”, “Xirsh indeksi”ga mufassal taʼrif, talqin va tasniflar keltiriladi.