TO‘QUV DASTGOHIDA TIG‘NING DINAMIK MUVOZANATINI TADQIQ QILISH VA MODELLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada to‘qimachilik batani (reed system) dinamik
muvozanatini yaxshilash, utka urish jarayoni barqarorligini oshirish va tebranishlarni minimallashtirish masalalari tahlil qilindi. Tadqiqot Janubiy Koreyaning CHEONG WOON 200 dastgohida olib borildi hamda batanning tebranish dinamikasi va inersiya kuchlarining ip joylashish aniqligiga ta’siri o‘rganildi. Tizim harakatini tavsiflash uchun Lagrangening ikkinchi tur tenglamalari qo‘llanib, sonli modellashtirish usullari ishlatildi. Modelning ishonchliligi MATLAB va ANSYS dasturiy komplekslari yordamida o‘tkazilgan tebranish jarayonining kompyuter simulyatsiyasi orqali tasdiqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, qattiqlik va so‘nish parametrlarini optimallashtirish tebranish amplitudasini 18–22 %ga kamaytirish hamda mexanizmning energiya samaradorligini 12 %ga oshirishga yordam beradi. Shuningdek, tebranishning so‘nish vaqti 0,2 sekundga tushirildi. Bu esa uskunaning xizmat muddatini uzaytirishga imkon beruvchi optimal ish parametrlari aniqlanganligini tasdiqlaydi. Ushbu natijalar to‘qimachilik dastgohlarini loyihalash va modernizatsiya qilish, ularning ish samaradorligini oshirishda qo‘llanishi mumkin.

How to Cite

Axunbabayev Oxunjon Abduraxmonovich, & Karimov Rustam Jaxongir o‘g‘li. (2025). TO‘QUV DASTGOHIDA TIG‘NING DINAMIK MUVOZANATINI TADQIQ QILISH VA MODELLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(2), 106–115. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/586
Ko'rishlar soni: 29

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari