SHAHAR YO‘NALISHLI AVTOBUSLAR HARAKATIGA NOQULAY OB-HAVO SHAROITINING TA’SIR DARAJASINI BAHOLASH
Abstrakt
Bugungi kunda dunyoning transport tizimlari rivojlangan yirik
shaharlarida yo‘nalishli avtobuslarda iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni belgilash, jamoat transportlari harakatini samarali tashkil etish orqali yo‘lovchilarni ushbu turdagi transportga yo‘naltirish, ularning har qanday sharoitda ishonchli transport xizmatiga bo‘lgan dolzarb talabini to‘liq qondirishga qaratilgan masalalar yetakchi o‘rin egallagan. Shahar jamoat transportlarining harakatiga muhit va uni tashkil etuvchilarning salbiy ta’siri tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilingan. Jahon tadqiqotchilarining muhit mezonlarini tahlil qilish natijasida ob-havo sharoitining ta’sir darajasi muhim ko‘rsatkich ekanligi aniqlanib, Toshkent shahri uchun noqulay ob-havo sharoitining asosiy parametrlarini yo‘lovchilar oqimi va harakatlanuvchi tarkibning ekspluatatsion tezligiga ta’siri hamda uning og‘irlik darajasi bo‘yicha tahlillar amalga oshirilgan. Noqulay ob-havo sharoitida yo‘nalishli avtobuslar harakat muntazamligini ta’minlash uchun unga ta’sir etuvchi ob-havo parametrlari bilan bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan bo‘lib, xulosalarda yo‘nalishli avtobuslarning harakat jadvalini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan