KO‘P BOSQICHLI KINETIKA ASOSIDA G‘OVAK MUHITLARDA MODDA KO‘CHIRISH MASALALARINI SONLI TADQIQ ETISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada modda ko‘chirishning balans tenglamasi, moddaning
o‘tirib qolishi va yana harakatga kelishining ko‘p bosqichli kinetika tenglamasi uchun qo‘shimcha shartlar asosida matematik model ishlab chiqilgan. Anomallik ko‘chirishda kinetika tenglamasi hamda balans tenglamasining lokal akkumulyatsiya va diffuzion holatlari modellashtirishda hisobga olingan. Model asosida aniq masalalar qo‘yilib, ular sonli usullar yordamida yechilgan. Hisoblash eksperimenti davomida anomallik parametrlarining modda ko‘chish jarayoniga ta’siri o‘rganilgan va natijalar asosida xulosalar chiqarilgan. Tadqiqotning dolzarbligi ichimlik va oqava suvlarni tozalash, neft-gaz konlari samaradorligini oshirish hamda gidrodinamik jarayonlarni optimallashtirish uchun yuqori aniqlikdagi modellar yaratish zarurati bilan bog‘liq. Tadqiqotning maqsadi choʻkma hosil boʻlish jarayonining koʻp bosqichli kinetikasini hisobga olgan holda, gʻovak muhitlardagi anomal modda koʻchish jarayonlarini ifodalovchi matematik modellarni takomillashtirish va ularning sonli yechish usullarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda asosiy eʼtibor kasr tartibli balans va kinetika tenglamalarini qoʻllash orqali gʻovak muhitlardagi murakkab jarayonlarni modellashtirishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi matematik modellashtirish, hisoblash matematikasi va sonli eksperiment usullariga asoslangan boʻlib, bu yondashuv jarayonni chuqur tahlil qilish va yuqori aniqlikdagi natijalarni taʼminlash imkonini beradi. Kasr tartibli tenglamalar yordamida modellashtirish gʻovak muhitning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlashtirish va modda koʻchish jarayonining vaqtga bogʻliq noaniqliklarini baholashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijasida gʻovak muhitda modda koʻchishi jarayonlarining yangicha matematik modellari ishlab chiqildi. Ushbu modellarda choʻkma hosil boʻlish kinetikasining koʻp bosqichli tabiati hisobga olingan. Shuningdek, bu jarayonlarni sonli tahlil qilish uchun samarali algoritmlar va dasturiy vositalar yaratildi. Natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati gidrogeologiya, suyuqlik va gaz mexanikasi, atrof-muhit muhofazasi hamda sanoat texnologiyalarida muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

How to Cite

Salimova Shaxnoza Lutfillo qizi. (2025). KO‘P BOSQICHLI KINETIKA ASOSIDA G‘OVAK MUHITLARDA MODDA KO‘CHIRISH MASALALARINI SONLI TADQIQ ETISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(2), 15–24. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/588
Ko'rishlar soni: 0