ZOLDIR PROKATLASH STANINING ISH UNUMDORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA ILMIY TAHLILLAR VA TEXNOLOGIK YECHIMLAR
Abstrakt
Hozirgi kunda ruda va ma’danlarni maydalashda foydalaniladigan
maydalovchi po‘lat zoldirlarga talabning ortishi ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqot
ishlari olib borishni taqozo qiladi. Bu borada maydalovchi po‘lat zoldirlarni
prokatlash usuli orqali ishlab chiqarish masalasi katta ahamiyatga ega. Mazkur
maqolada maydalovchi po‘lat zoldirlarni issiqlayin prokatlash usuli orqali ishlab
chiqarishda qo‘llanadigan maxsus ikki valokli ko‘ndalang vintli prokatlash
stanlarining ish unumdorligini oshirish masalasi o‘rganilgan. Tadqiqotning
maqsadi ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqqan holda, maydalovchi po‘lat
zoldirlarni prokatlash usuli orqali ishlab chiqarishdagi ish unumdorligini oshirish
omillarining nazariy asoslarini ishlab chiqish va amaliy tajribalar asosida zaruriy
xulosalarni aniqlashdan iborat. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida prokatlash
stanining asosiy ishchi zvenolarining muhim parametrlari analitik bog‘lanishlar
orqali ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, zoldir prokatlash stanining
ish unumdorligini oshirish bilan bog‘liq asosiy parametrlar tahlil qilindi. Tahlil
natijalari asosida zoldir prokatlash jarayonida qo‘llanadigan ko‘p kirimli
vintli kalibrli prokatlash valoklari tayyorlandi va ularga mos yo‘naltiruvchi
lineykalarning ishchi qismi konstruksiyalari ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari
asosidagi amaliy sinov tajribalari “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining
“Zoldir prokatlash bo‘linmasi” ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirildi va
muhim natijalar olindi.