ARALASH TARKIBLI TOʻQIMALARNI TOLALI MATERIALLAR BILAN TOʻLDIRISH ASOSIDA LOYIHALASHNI NAZARIY TADQIQ QILISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan yuqori eksport koʻrsatkichiga ega
toʻqimachilik mahsulotlari ichida aralash tarkibli matolar alohida oʻrin tutadi.
Aralash tarkibli toʻqimalar ishlab chiqarish, ularning fizik-mexanik xossalarini
tadqiq qilish va sifat koʻrsatkichlarini baholash borasida ilmiy tadqiqot ishlari
olib borildi. Bunda tabiiy tolali iplar toʻqimaning gigiyenik xossalarini ta’minlasa,
sintetik tolali iplar esa ekspluatatsion xossalarini oshirishga xizmat qiladi.
Aralash tarkibli plashbop toʻqimalar ishlab chiqarishda ikki qatlamli murakkab
toʻqimalar oʻrilishining oʻziga xos xususiyatlaridan foydalangan holda, matoning
oʻng va teskari sirtini turli rang va xossali qilib ishlab chiqarish maqsadida
ularni loyihalash bilan bogʻliq nazariy tadqiqotlar o‘tkazildi. Mazkur tadqiqotlar
doirasida sinov namunalari uchun tanda va arqoq iplari tarkibi tanlab olindi.
Jumladan, aralash tarkibli matolarni loyihalashda toʻqima tandasi uchun chiziqli
zichligi 29,4 texli paxta iplaridan, arqogʻi uchun esa 1 : 1 nisbatda 29,4 × 2 tex paxta
ipi va 40 texli nitron iplaridan foydalanildi. Loyihalanayotgan aralash tarkibli
plashbop matoning tanda va arqoq iplari chiziqli zichliklari oʻzgartirilmagan
holda, amaldagi boshqa plashbop toʻqima koʻrsatkichlari asosida loyihalanayotgan
aralash tarkibli plashbop matoning tanda va arqoq boʻyicha zichliklari nazariy
tadqiq qilindi. Amaldagi plashbop toʻqimalarni taxtlash koʻrsatkichlari asosida
loyihalangan turli toʻqimalarning umumiy toʻldirish foizlari hisoblab chiqildi
hamda sinov namunalari sifatida ishlab chiqarish maqsadga muvofiq deb topildi.

How to Cite

Shumkarova Shamsiya Pulatovna, & Doniyorova Matluba Adashbayevna. (2025). ARALASH TARKIBLI TOʻQIMALARNI TOLALI MATERIALLAR BILAN TOʻLDIRISH ASOSIDA LOYIHALASHNI NAZARIY TADQIQ QILISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(4), 114–122. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/622
Ko'rishlar soni: 51