HARAKATDAGI POYEZDLAR OLDIDAGI TO‘SIQLARNI ANIQLASH USULINI ZAMONAVIY LiDAR TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAHALLIYLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Harakatdagi poyezdlar oldidagi to‘siqlarni aniqlash usulini zamonaviy
LiDAR texnologiyasi asosida mahalliylashtirish bugungi kunda O‘zbekiston temir
yo‘llari AJ oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Shunga qaramay, temir
yo‘l stansiyasi platformalari, temir yo‘l izlari yoki temir yo‘l kesishmalari temir
yo‘llardagi asosiy xavfsizlik muammolaridan sanaladi. Afsuski, har yili yuzlab
odamlar oldini olishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlar oqibatida hayotdan ko‘z
yumadi. Bunday holatlar ko‘pincha yuqorida sanab o‘tilgan temir yo‘l obyektlarida
yuz beradi. Ushbu maqolada yo‘lovchilarni ogohlantirishda yangi zamonaviy
LiDAR texnologiyasidan foydalangan holda, temir yo‘l obyektlarida yo‘lovchilarni
aniqlash hamda lokomotiv mashinisti va yo‘lovchilarni xavfdan ogohlantirish
usuli, shuningdek, harakatdagi poyezdlar oldidagi to‘siqlarni aniqlash usulini
zamonaviy LiDAR texnologiyasi asosida mahalliylashtirish masalasining yechimi
ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, LiDAR tizimining asosiy komponenti sifatida WT200A
lazer sensori qo‘llanadi. Mazkur sensor uzoq masofali aniqlash imkoniyatiga ega
bo‘lib, 200 metrgacha bo‘lgan oraliqda joylashgan to‘siqlarni aniqlay oladi. Sensor
905 nanometr to‘lqin uzunligiga ega lazer nurlaridan foydalanib, turli ob-havo
sharoitlarida, jumladan, tuman, yomg‘ir yoki qorli holatlarda ham yuqori aniqlikda
ishlash imkonini beradi. WT200A sensori temir yo‘l izlaridagi to‘siqlarni tezda
aniqlab, poyezd dispetcheriga xavf haqida ogohlantirish yuboradi. Bu esa temir yo‘l
transportida xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

How to Cite

Boltayev Sunnatillo Tuymurodovich, Toshboyev Zohid Baxron o‘g‘li, & Yo‘ldashev Ijodbek Anvarjon o‘g‘li. (2025). HARAKATDAGI POYEZDLAR OLDIDAGI TO‘SIQLARNI ANIQLASH USULINI ZAMONAVIY LiDAR TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAHALLIYLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(4), 123–129. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/623
Ko'rishlar soni: 78